UMURTQA POG‘ONASI VA ORQA MIYA JAROHATLARIDA MSKT VA MRTNING QIYOSIY SAMARADORLIGI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Maqolada umurtqa pog‘onasi va orqa miya jarohatlarini tashxislashda multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) hamda magnit-rezonans tomografiya (MRT) usullarining qiyosiy samaradorligi tahlil qilingan. Zamonaviy tomografik texnologiyalarning imkoniyatlari, ularning anatomik tuzilish, jarohat darajasi, suyak va yumshoq to‘qima komponentlarini baholashdagi afzalliklari va cheklanishlari ko‘rsatib berilgan.
MSKT suyak strukturalarining anatomik buzilishlarini, umurtqa pog‘onasi dislokatsiyalari va kompressiya darajasini yuqori aniqlik bilan baholash imkonini bersa, MRT orqa miyaning neyrostrukturalari, gematomalar, shish va ishemik o‘zgarishlarni aniqlashda yuqori sezuvchanlikka ega. Maqolada shuningdek, har ikki usulning birgalikda qo‘llanilishi orqali jarohat patogenezini kompleks baholash, shoshilinch va uzoq muddatli davolash taktikasini tanlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, MRT funksional va morfologik ma’lumotlar bilan boy bo‘lsa, MSKT shoshilinch vaziyatlarda tezkor va yuqori aniqlikda vizualizatsiyani ta’minlaydi.
##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##
Информация о статье
Раздел

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.