KIMMERLI ANOMALIYASINI ANIQLASHDA RENTGENOGRAFIYA VA KT USULLARINING TAQQOSLAMALI TAHLILI

Основное содержимое статьи

Rabbimova M.U.

Аннотация

Kimmerli anomaliyasi orqa bo‘yinning birinchi umurtqasi (atlas) sohasida uchraydigan tug‘ma suyak o‘zgarishi bo‘lib, u vertebral arteriya yo‘lining torayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada Kimmerli anomaliyasini aniqlashda rentgenografiya va kompyuter tomografiyasi (KT) usullarining diagnostik imkoniyatlari taqqoslab o‘rganildi. Tadqiqot davomida 40 nafar bemorning bo‘yinning yuqori qismiga oid tasvirlari tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, rentgenografiya usuli skrining sifatida qulay va iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lsa-da, KT tekshiruvi suyak tuzilmalarini aniq vizualizatsiya qilish va anomaliyaning to‘liq yoki qisman shaklini aniqlashda yuqori aniqlikka ega ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Kimmerli anomaliyasini erta aniqlash va to‘g‘ri davolash taktikasini tanlashda KT usulining ustunligini, shuningdek, rentgenografiyaning dastlabki tashxis qo‘yishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi.

##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##

##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.noStats##

Информация о статье

Раздел

Статьи

Как цитировать

Rabbimova M.U. (2025). KIMMERLI ANOMALIYASINI ANIQLASHDA RENTGENOGRAFIYA VA KT USULLARINING TAQQOSLAMALI TAHLILI. Healthway, 1(5), 61-68. https://doi.org/10.64411/jgka5n42