TIZZA BO’G’IMI ICHKI STRUKTURASI JAROHATLARI ASORATLARINING REABILITATSIYASIDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVINING AHAMIYATI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Tizza bo‘g‘imi ichki strukturasi jarohatlari ortopedik amaliyotda eng ko‘p uchraydigan shikastlanishlar sirasiga kirib, ko‘pincha uzoq muddatli funksional cheklanishlar va nogironlikka olib keladi. Ushbu jarohatlar natijasida yuzaga keladigan asoratlarni erta aniqlash va samarali reabilitatsiya jarayonini tashkil etishda tasvirlash usullarining ahamiyati katta. So‘nggi yillarda ultratovush diagnostikasi (UTT) invaziv bo‘lmaganligi, dinamik tekshiruv imkoniyati va yuqori informativligi tufayli reabilitatsiya davrida keng qo‘llanilmoqda. Mazkur maqolada tizza bo‘g‘imi ichki strukturalari — menisklar, bog‘lamlar, paylar va sinovial tuzilmalar jarohatlaridan keyingi asoratlarni baholashda ultratovush diagnostikasining o‘rni va klinik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, reabilitatsiya samaradorligini monitoring qilishda UTT ning imkoniyatlari tahlil qilingan.
##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##
Информация о статье
Раздел

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.