O‘PKA BO‘SHLIQLI HOSILALARINING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI

Основное содержимое статьи

Baysariev Sh.U.

Аннотация

Ishimiz Samarqand tibbiyot universiteti klinikalarida statsionar davolangan 15 yoshdan 76 yoshgacha bo‘lgan 163 nafar o‘pka bo‘shliqli hosilalari bo‘lgan bemorlarni tekshirish natijalariga asoslangan. Bemorlar bo‘limga, asosan, saratonning bo‘shliqli shakliga 36 (22,1%), yiringli jarayonga 48 (29,4%) va kavernoz silga 25 (15,3%) shubha bilan yotqizilgan. Qolgan 54 (33,2%) bemor turli xil o‘pkani kistoz hosilalari diagnozi bilan yotqizilgan. Abssess, saratonning bo‘shliqli shakli, kavernoz silda KT samaradorligi mos ravishda 84,6%, 63,6% va 33,3% ni tashkil etdi.  Rentgenologik tekshiruvda o‘pkada bullyoz o‘zgarishlar 50% holatlarda aniqlandi va KT samaradorligi 100% ni tashkil etdi. MSKT, MRT, bronxoskopiya va turli xil biopsiya usullaridan (endobronxial, transtorakal ignali biopsiya) oqilona va maqsadli foydalanish o‘pkaning bo‘shliqli hosilalarini farqlashni sezilarli darajada yaxshilaydi.

##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##

##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.noStats##

Информация о статье

Раздел

Статьи

Как цитировать

Baysariev Sh.U. (2025). O‘PKA BO‘SHLIQLI HOSILALARINING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI. Healthway, 1(6), 255-266. https://doi.org/10.64411/faavxj29