REVMATOLOGIYADA ULTRATOVUSH TASHXISOTINING IMKONIYATLARI VA ISTIQBOLLARI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Revmatologik kasalliklar dunyo miqyosida keng tarqalgan bo‘lib, ular nogironlik, mehnat qobiliyatining yo‘qolishi va hayot sifatining yomonlashuviga olib keladi. Revmatoid artrit, psoriatik artrit, podagra va ankilozlovchi spondiloartrit kabi surunkali kasalliklar bemorlarning kundalik faoliyatini cheklaydi va sog‘liqni saqlash tizimiga katta iqtisodiy yuk soladi. So‘nggi o‘n yilliklarda ushbu kasalliklarni erta tashxislash, davolash samaradorligini nazorat qilish va intervension protseduralarni amalga oshirishda ultratovush tekshiruvi (UTT)ning roli sezilarli darajada ortdi. UTT invaziv bo‘lmagan, xavfsiz, tezkor va yuqori sezuvchanlikka ega usul sifatida xalqaro tavsiyalarda asosiy tashxis vositasi sifatida ko‘rsatilmoqda. Ushbu maqolada ultratovushning revmatologik kasalliklarni tashxislash va monitoring qilishdagi imkoniyatlari, afzalliklari, cheklovlari va istiqbollari keng tahlil qilinadi.
##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##
Информация о статье
Раздел

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.