QURUQ KO‘Z SINDROMI BILAN KASALLANGANLARDA AMBULATOR BOSQICHDA FIZIOTERAPEVTIK YONDASHUVLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Основное содержимое статьи
Аннотация
Ushbu maqolada quruq ko‘z sindromi (QKS) bilan kasallangan bemorlarni ambulator sharoitda davolashda fizioterapevtik usullarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi standart medikamentoz terapiya bilan birga qo‘llanilgan past intensivlikdagi lazer terapiyasi va magnitoterapiyaning klinik natijalarini baholashdan iborat. Tadqiqotda 80 nafar (160 ta ko‘z) QKS bilan kasallangan bemor ishtirok etdi. Bemorlar ikki guruhga bo‘lindi: nazorat guruhi (n=40) faqat standart gidratatsiya terapiyasini oldi, asosiy guruh (n=40) esa standart davoga qo‘shimcha ravishda kombinatsiyalashgan fizioterapevtik muolajalarni qabul qildi. Natijalar OSDI so‘rovnomasi, Shirmer testi va ko‘z yoshi plyonkasi barqarorligi (TBUT) orqali baholandi. Tadqiqot yakunida asosiy guruhda OSDI ko‘rsatkichi 42% ga kamaygani, TBUT vaqti esa nazorat guruhiga nisbatan 1,8 barobar yaxshilangani aniqlandi (p < 0,05). Xulosa qilib aytganda, ambulator bosqichda fizioterapevtik yondashuvlar ko‘z yoshi apparati funksiyasini tiklashda yuqori samaradorlikka ega.
##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##
Информация о статье
Раздел

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.