JIGAR FIBROZINI BAHOLASHDA ELASTOGRAFIYA VA STANDART ULTRATOVUSH TEKSHIRUVINING QIYOSIY TAHLILI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Maqsad: Jigar fibrozini baholashda transient elastografiya (TE) va akustik to'lqin elastografiyasi (SWE) usullarining standart B-rejimli ultratovush tekshiruvi bilan qiyosiy diagnostik samaradorligini METAVIR tizimi bo'yicha tasniflangан fibroz darajalari kontekstida baholash.
Material va metodlar: 2021–2024 yillar davomida surunkali jigar kasalligi (virusli gepatit B/C, alkogolga bog'liq va noalkogollik yog'li jigar kasalligi) tashxisi qo'yilgan 140 nafar bemor (79 erkak, 61 ayol; o'rtacha yosh 48,6±13,2 yil) prospektiv tekshirildi. Barcha bemorga TE (FibroScan®, EchoSens), SWE (Canon Aplio i800) va standart B-rejimli USG (Logiq E10, GE Healthcare) o'tkazildi. Gistologik reference-standart sifatida jigar biopsiyasi (Menghini usuli) ishlatildi. Statistik tahlil SPSS 27.0 va MedCalc 20.0 dasturlarida amalga oshirildi.
Natijalar: F≥2 ahamiyatli fibroz diagnostikasida TE uchun AUC=0,91 (sezuvchanlik 85,7%, spetsifiklik 88,3%), SWE uchun AUC=0,89 (84,2%; 86,9%), standart USG uchun esa AUC=0,68 (66,4%; 70,1%) aniqlandi. F4/sirroz diagnostikasida TE ning ustunligi yanada yaqqol ko'rindi (AUC=0,96 vs 0,79; p<0,001). Jigar qattiqligi (kPa) va METAVIR daraja o'rtasida kuchli korrelyatsiya kuzatildi (Spearman ρ=0,88, p<0,001).
Xulosa: Elastografiya usullari jigar fibrozini noninvaziv baholashda standart B-rejimli ultratovush tekshiruviga nisbatan statistik jihatdan ishonchli ravishda yuqori diagnostik aniqlikka ega. Elastografiya va noninvaziv fibroz indekslarini (APRI, FIB-4) kombinatsiya qilish tashxis samaradorligini yanada oshiradi va biopsiya zarurligini qisqartirish imkonini beradi.
##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##
Информация о статье
Раздел

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.