MIYA O‘SMALARINING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASIDA KONTRASTLI MAGNIT-REZONANS TOMOGRAFIYANING AHAMIYATI

Основное содержимое статьи

Jiyanbayev D. B.

Аннотация

Maqsad. Miya o‘smalarining differensial diagnostikasida kontrastli magnit-rezonans tomografiyaning (MRT) diagnostik imkoniyatlarini baholash, turli xil intrakranial o‘smalarni aniqlash va tavsiflashdagi ahamiyatini o‘rganish.


Material va metodlar. Tadqiqotga bosh miya o‘smasi gumoni bilan tekshiruvdan o‘tgan 82 nafar bemor kiritildi. Barcha bemorlarda kontrast modda qo‘llangan holda magnit-rezonans tomografiya tekshiruvi bajarildi. MRT natijalari klinik ma’lumotlar, neyroxirurgik xulosa va gistologik tekshiruv natijalari bilan qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot davomida o‘smalarning lokalizatsiyasi, o‘lchami, kontrast to‘planish xususiyatlari, perifokal shish mavjudligi va qo‘shni tuzilmalarga tarqalishi baholandi.


Natijalar. Kontrastli MRT yordamida bemorlarning 78 tasida (95,1%) o‘sma jarayonlari aniqlanib, ulardan gliomalar 29 (35,4%), meningiomalar 21 (25,6%), metastatik o‘smalar 14 (17,1%), gipofiz adenomasi 8 (9,8%) va boshqa turdagi o‘smalar 6 (7,3%) holatda qayd etildi. Kontrastli MRT o‘smalarning morfologik xususiyatlarini baholashda yuqori aniqlik ko‘rsatib, benign va malign jarayonlarni differensial tashxislashda sezilarli diagnostik ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.


Xulosa. Kontrastli magnit-rezonans tomografiya miya o‘smalarining differensial diagnostikasida yuqori informativ va ishonchli tekshiruv usuli hisoblanadi. Ushbu usul o‘smalarning anatomik tuzilishi, vaskulyarizatsiyasi va tarqalish darajasini batafsil baholash imkonini beradi hamda davolash taktikasini tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##

##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.noStats##

Информация о статье

Раздел

Статьи

Как цитировать

Jiyanbayev D. B. (2026). MIYA O‘SMALARINING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASIDA KONTRASTLI MAGNIT-REZONANS TOMOGRAFIYANING AHAMIYATI. Healthway, 2(4), 14-22. https://doi.org/10.64411/60pyj748