Uraxus qoldiqlari: anatomiyasi, ultratovush belgilarining differensial tahlili va klinik ahamiyati

Основное содержимое статьи

Yakubov D.J., Akhrorov B.A.

Аннотация

Uraxus — bu embrional davrda siydik pufagi va kindik orasida joylashgan naychali tuzilma bo‘lib, tug‘ilishdan so‘ng odatda to‘liq obliteratsiyalanib, median umbilikal ligament shaklida saqlanib qoladi. Ammo ayrim hollarda bu obliteratsiya jarayoni to‘liq kechmaydi va uraxusning turli patologik holatlari — patent urachus, urachal kist, urachal sinus, divertikul yoki hatto uraxial karsinoma shaklida namoyon bo‘ladi. Uraxus patologiyalari nisbatan kam uchraydigan, ammo klinik ahamiyati yuqori bo‘lgan holatlar sirasiga kiradi, chunki ular infeksiya, siydik oqishi, surunkali yallig‘lanish yoki malignezatsion o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
So‘nggi  yillarda  tasvirlash  texnologiyalarining  rivojlanishi  uraxus  patologiyalarini  erta bosqichda aniqlash imkonini berdi. Shu jumladan, ultratovush tekshiruvi (UTT) — bu sohada eng qulay, xavfsiz, arzon va nisbatan informativ diagnostik usul sifatida keng qo‘llanilmoqda. Uraxus sohasidagi patologik o‘zgarishlarni ultratovush yordamida baholash nafaqat kasallikning mavjudligini aniqlash, balki uning turi, o‘lchami, joylashuvi va atrof to‘qimalarga nisbatan chegaralarini aniqlash imkonini beradi.
UTT yordamida olingan ma’lumotlar asosida uraxusning qoldiq qismlari, kistalar, fistulalar yoki yallig‘lanish o‘choqlari aniq ko‘rinadi. Shuningdek, Doppler rejimidan foydalanish orqali qon oqimining xususiyatlarini baholab, yallig‘lanish yoki o‘smaviy jarayonlar orasidagi farqni aniqlash mumkin.  Malignezatsiya  jarayonlarga  xos  belgilar,  xususan,  devorlarining  notekisligi, exostrukturaning g‘ovakligi va patologik qon tomir tarmoqlanishi ultratovushda sezilarli diagnostik ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada uraxusning embrional rivojlanishi, anatomik xususiyatlari, uning patologik turlari,  klinik  belgilari  hamda  ultratovush  diagnostikasi  imkoniyatlari  batafsil  tahlil  qilinadi. Shuningdek, UTT natijalarining klinik ma’lumotlar bilan taqqoslanishi asosida erta diagnostika va to‘g‘ri davolash taktikasini tanlashning ahamiyati yoritib beriladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — uraxus patologiyalarining ultratovush belgilarini tizimlashtirish, ularning differensial diagnostikasida UTTning rolini ko‘rsatish va klinik amaliyotda qo‘llanishini yanada takomillashtirishdan iborat.

##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##

##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.noStats##

Информация о статье

Раздел

Статьи

Как цитировать

Yakubov D.J., Akhrorov B.A. (2025). Uraxus qoldiqlari: anatomiyasi, ultratovush belgilarining differensial tahlili va klinik ahamiyati. Healthway, 1(3), 142-152. https://doi.org/10.64411/f7vyk365