YURAK ISHEMIK KASALLIGI (YIK) BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNING ISHEMIK INSULT REABILITATSIYASIDA UCHRAYDIGAN KLINIK HAMDA TEXNIK MUAMMOLARI
Main Article Content
Abstract
Ushbu tahliliy maqolada yurak ishemik kasalligi (YIK) mavjud bo‘lgan bemorlarda ishemik insult reabilitatsiyasi jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan klinik va texnik muammolar muhokama qilinadi. Bunda asosiy e’tibor YIK bilan kechuvchi gemodinamik o‘zgarishlarning reabilitatsiya samaradorligiga ta’siri, reabilitatsiya paytida xavfsizlikni ta’minlash masalalari, hamda jismoniy yuklama intensivligini belgilashdagi o’ziga xos murakkabliklarga qaratilgan. Bundan tashqari fizioterapiya, kardioreabilitatsiya elementlari va neyroreabilitatsiya texnologiyalarini uyg‘unlashtirish jarayonida yuzaga keladigan texnik cheklovlar, kuzatuv vositalarining aniqligi hamda ko’p tomonlama yondashuv talab qiladigan klinik holatlar tahlil qilinadi. Maqolada mavjud ilmiy manbalar asosida ushbu toifa bemorlar uchun individual reabilitatsiya dasturini shakllantirishning murakkab jihatlari ko‘rsatilib, multidisiplinar yondashuvning ahamiyati asoslanadi. Ushbu tahlil YIK bilan og‘rigan ishemik insult bemorlarida reabilitatsiya jarayonini optimallashtirish bo‘yicha amaliy va nazariy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
Downloads
Article Details
Section

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.