YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARIDA FITOTERAPIYANING SAMARADORLIGI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari o‘lim va inson umrining qisqarishi, uning ish qobiliyatini yo‘qotishining asosiy sabablaridan biridir. So‘nggi o‘n yilliklarda psixosomatik patologiyali yurak-qon tomir kasalliklari sonining sezilarli darajada ortishi kuzatilmoqda. Psixosomatik buzilishlar aholi orasida, ayniqsa yuqori rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Psixosomatik buzilishlarning chastotasi aholi orasida 15 foizdan 60 foizgacha, birlamchi amaliyotdagi bemorlar orasida esa 30 foizdan 57 foizgacha o‘zgarib turadi. Statistika shuni ko‘rsatadiki, tibbiy yordam olayotgan bemorlarning 1/3 qismi dastlab hissiy buzilishlardan aziyat chekadi. Psixosomatik buzilishlarga asoslangan yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar va yig‘malar haqidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqilgan. O‘simliklarning fitokimyoviy tarkibi va ular tarkibidagi moddalarning shifobaxsh ta’siri haqidagi zamonaviy ma’lumotlar umumlashtirilgan. Asab va yurak-qon tomir tizimi faoliyatining turli buzilishlarida ratsional davolash kurslari taklif etilgan.
##plugins.themes.bootstrap3.displayStats.downloads##
Информация о статье
Раздел

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.